H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida ixtisoslik fanidan imtihon bo‘lib o‘tdi

H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutida tadqiqotchi-doktorantlar uchun 04.00.03 «Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya» ixtisoslik fanidan imtihon bo‘lib o‘tdi. Ushbu imtihon tadqiqotchilarning ilmiy tayyorgarlik darajasini baholash hamda ularning tanlangan yo‘nalish bo‘yicha fundamental bilim va ko‘nikmalarini aniqlashga qaratildi.

Imtihonda institutning yetakchi olimlari, professorlar va soha mutaxassislaridan iborat komissiya ishtirok etdi.

Ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning fundamental hamda amaliy bilimlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadqiqotchi-doktorantlar uchun bu imtihon o‘z kasbiy mahoratini namoyon qilish, ilmiy izlanishlar yo‘nalishida muhim bosqichni bosib o‘tish imkoniyati bo‘ldi.