Bugun H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti Glyatsial geologiya markazida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, f-m. f.n., iqlimshunos, glyatsiolog va gidrolog Ni Anatoliy Aleksandrovich tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi.

Ustoz o‘zining fidokorona mehnati va ilmiy izlanishlari bilan institutimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan, yosh tadqiqotchilar uchun esa bebaho tajriba maktabini yaratgan. Tadbir davomida hamkasblari va shogirdlari minnatdorlik bildirib, kelgusi hayotida salomatlik tilashdi.

Shuningdek, tadbir doirasida institutimiz Kasaba uyushmasi raisi Shukurova Nargizaning tug‘ilgan kuni munosabati bilan bayram tashkil etildi.

Jamoa nomidan ezgu tilaklar bildirilgan holda, do‘stona muhit va hamjihatlik muhimligini yana bir bor namoyon etdi.

Institutimiz o‘z fidoyi xodimlarini qadrlaydi va mehnatini e’tirof etishda davom etadi.