Markaz haqida
Glyatsial geologiya markazi dastlab Oʻzbekiston SSR Fanlar Akademiyasi Matematika va mexanika instituti qoshida Xalqaro geofizika yilida (XGY) tashkil etilgan Fedchenko muzligiga ekspeditsiya negizida A.A. Kreyter rahbarligida glyasiologiya laboratoriyasi tashkil topdi. 1963-yilda glyasiologiya labarotoriyasi va seysmologiya boʻlimi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Geologiya instituti tarkibiga oʻtkazildi. Shundan soʻng institut Geologiya va geofizika instituti nomini oldi va glyasiologiya laboratoriyasi M.A. Axmedjanov boshchiligidagi mintaqaviy geologiya kafedrasi tarkibiga kirdi. Markazga g.f.n. yetakchi glyatsiolog Kreyter Aleksandr Aleksandrovich (1963-1986), f-m. f.n. iqlimshunos, glyatsiolog, gidrolog Ni Anatoliy Aleksandrovich (1986-2003), g-m. f.n. glyatsiolog va muzlik geomorfolog Petrov Maksim Anatoliyevich 2003-yildan hozirgi kunga qadar mudirlik qilmoqda.
Markazning asosiy strategik yo’nalishi
Markazning asosiy strategik yo’nalishi Respublikamiz hududida shakllangan tog’ muzliklarining monitoringini olib, muzliklarning erishidan hosil bo’ladigan oqimning dinamikasini aniqlash, muzlik suvlarining gidrokimyoviy holatini baholash, nival hudud iqlimini tadqiq etish, muzlik yotqiziqlarining geokimyoviy hususiyatlarini o’rganishdan iborat.
Markazning ilmiy asoslari
Markazning ilmiy tadqiqot yoʻnalishlari yaratilgan yangi gʻoyalar, muzliklarning shakllanishi va evolyutsiyasida geologik muhitning roli hamda Glyasial-geologiya amaliyotidagi natijalarning afzalligini ochib berishdan iborat. Asosan fundamental xarakterga ega boʻlgan tadqiqotlar oʻziga xos glyasiologiya, geologiya, geomorfologiya, togʻ meteorologiyasi va gidrologiyaning uygʻunlashuviga aylangan. Orol dengizi OʻzResFA GGI va IO RAN boʻyicha koʻp yillik qoʻshma tadqiqotlar natijasida 2012 yilda “Nauka” nashriyotida monografiyasi nashr etildi. O‘zbekiston Respublikasi shimoliy sharqiy va janubiy sharqiy qismidagi baland nival hududi tog‘ muzliklari, muzlik dinamikasi, muzlik massa balansi, muzlik gidrologiyasi, muzlik erishidan hosil bo‘lgan ko‘llar rejimi va muzlik yotqiziqlari madanlashuvi.
Hozirgi kunda markazda 1 ta geologiya va mineorologiya fanlari nomzodi 1 ta fizika matematika fanlari nomzodi va 3 ta kichik ilmiy xodim va 1 ta tajriba orttiruvchi kichik ilmiy hodim, 1 ta texnik-geolog faoliyat yuritmoqda. 2022 yil II chorakdan “Muzlik yotqiziqlarining geologik xususiyatlarini o‘rganish va ma’danlashuvni bashorat qilish” mavzusi doirasida geologik qidiruv ishlarini olib borilmoqda. Markaz xodimlari mazkur mavzu doirasida 2022-2024 yillar davomida bir nechta Xalqaro konferensiyalarda tesizlar, mahalliy jurnallarda va Xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalarda chop ettirdilar.
Markaz xodimlari Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida tog‘ muzliklari massasi balansi o‘zgarishlarni monitoring qilish tizimini va muzliklarning kelajakdagi holatini tavsiflovchi texnologiyalarni ishlab chiqish” grantida ham faoliyatini 2024-yil muvofaqqiyatli yakunladi.
Markaz faoliyatining dolzarbligi.
Global iqlim o’zgarishi jarayoni ta’sirida havo haroratining ortib borishi kuzatilmoqda. Bu esa tog’ muzliklarining maydoni qisqarib borishiga olib kelmoqda. Ququqlikning markazida joylashgan O’rta Osiyo tog’ tizmalarining yuqori qismida shakllangan muzliklarning qisqarishi mintaqa uchun kelajakda jiddiy suv muammolarini keltirib chiqaradi. Mazkur muzliklar shakllangan hududlarda statsionar tadqiqot ishlari olib borilmasligi bois ushbu hududlarning o’rganishda ma’lumotlar yetishmasligi kuzatiladi. Shu boisdan nival hudud iqlimi, geomorfologiyasi hamda geologik hususiyatlarini ekspedtsion tadqiqotlar yordamida o’rganish talab etiladi. Muzliklarning degradatsiyasi natijasida ularning chekingan maydonlari o’rnida muzlik yotqiziq (morena) lar bilan qoplangan. Bu hududlarda muzlik hamda morena ko’llari hosil bo’lishi keyingi yillarda jadallashdi. Mazkur ko’llarnig tog’oni mustahkam bo’lmagan tog’ jinslaridan iborat bo’lmasligi ularning toshish xavfini oshiradi. Muzliklarning erishi natijasida hosil bo’lgan oqim aynan iyul, avgust oylarida kuzatilishi Respeblikamizning qishloq xo’jaligi ekinlarining vegetatsiya davriga to’g’ri keladi. Bundan tashqari muzlik yotqiziqlarini geokimyoviy hususiyatlarini o’rganish yangi istiqbolli maydonlarni ochishga zamin hozirlaydi. Shu boisdan nival hududning iqlimi, ushbu hududda shakllangan tog’ muzliklari, muzliklarning erishi natijasida hosil bo’lgan oqim, muzlik yotqiziqlari va uning geokimyoviy hususiyatlarini kompleks o’rganish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Hozirgi kunda markazda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar (GQI)
Muzlik yotqiziqlarining geologik hususiyatlarini o’rganish va ma’danlashuvini bashorat qilish.
Markaz xodimlari bugungi davrning dolzarb muammolaridan bo‘lgan global iqlim o‘zgarishi natijasida O‘rta Osiyo tog‘ muzliklarining massa balansini tadqiq etish, muzliklarning chekinishi va mazkur maydonlarda hosil bo‘ladigan morena ko‘llarini xavfini monitoring qilish uchun bir qator Xalqaro loyiharda ishtirok etmoqda. Bularga YUNЕSKO ning GLOFCA, GEF va GIZ loyihalarini keltirish mumkin.
Glyatsial geologiya markazi Respublikada mazkur sohani yanada rivojlantirish maqsadida bir nechta davlatlarning Institutlari bilan memorandumlar imzoladi. Bu Xalqaro memorandumlar qatorida Reading (Angliya), Friburg (Shvetsariya) Universitetlari, Aix-Marsel (Fransiya) Universiteti va KazMU (Qozog’iston) Universitetilari borligi kelajakda Respublikamizning glyatsiologiya sohasida yanada rivojlanish bo‘lishiga zamin hozirlaydi.