H.M. Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti direktori N.K. Inatov Geologiya fanlari universitetining Oqsoqota dala lagerida  dala o‘quv amaliyotini o‘tayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashdi.


Uchrashuv davomida talabalar bilan geologiyaning dala sharoitida qo‘llaniladigan amaliy jihatlari yuzasidan master-klass darslari olib borildi. Shuningdek, ilmiy yo‘nalishlar, soha istiqbollari va kasbga bo‘lgan yondashuvlar yuzasidan ochiq muloqot va fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv interaktiv ruhda o‘tib, ilmiy yo‘nalish tanlash, ilmga kirib kelish strategiyalari, yosh olimlarning roli va kasbiy shakllanish borasida ochiq muloqot olib borildi.

Mazkur tashrif – yosh geologlar uchun motivatsion va kasbiy yo‘nalish beruvchi muhim bosqich bo‘lib, institutning yoshlarga e’tiborini, uzviy aloqalarni kuchaytirishga bo‘lgan yondashuvini yana bir bor namoyon etdi.