Geologiya fanlari universiteti talabalari bilan ochiq suhbat tashkil etildi. Uchrashuvda institut direktor o‘rinbosari, kadrlar bo‘limi boshlig‘i hamda laboratoriya boshliqlari ishtirok etdi.
📌 Suhbat davomida talabalarga institutda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish tartibi, va geologiya sohasidagi ish faoliyatida zarur bo‘lgan zamonaviy malaka va kompetensiyalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🔹 Mutaxassislar tomonidan quyidagilarga e’tibor qaratildi:
– Geologiya sohasida innovatsion fikrlash, dala va laboratoriya ishlaridagi tayyorgarlik darajasi;
– Mas’uliyat, jamoaviy ishlash qobiliyati kabi ko‘nikmalarning ahamiyati;
– Bitiruvchilarni ishga qabul qilishdagi ustuvor yo‘nalishlar va mehnat sharoitlari.
💬 Talabalar tomonidan berilgan savollarga institut rahbariyati tomonidan atroflicha javoblar berildi.